«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffus davrida futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha individual rejani ishlab chiqdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
«Atletiko»ga qarshi Madrid derbisidagi mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik mutaxassis futbolchilarga to‘rt kunlik dam olish berdi. Jamoa juma kunidan mashg‘ulotlarni qayta boshlaydi. Shu bilan birga, murabbiylar shtabi har bir futbolchining jismoniy holatini hisobga olgan holda unga alohida yuklama belgilaydi.
Ayrim futbolchilarga ko‘proq dam olish kunlari beriladi. Boshqalari esa mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Yana ayrim futbolchilar mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Mourinio ushbu tanaffus vaqtida jamoaning 15 nafar futbolchisidan foydalana olmaydi. Ularning barchasi milliy jamoalar safiga chaqirilgan. Shu sababli bosh murabbiy mashg‘ulotlarga «Real» akademiyasi futbolchilarini ham jalb qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» La Ligadagi dastlabki yetti turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda.