«Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karl «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» 18 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Madridliklar Karlning «nemis mashinasi» bilan shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmasligini bilishni xohlamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham bungacha aynan «qaymoqranglilar»ni orzusidagi jamoa deb atagan. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali Lennartning transfer narxini 60 million yevroga baholamoqda. Germaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 9 ta gol urib, 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Avvalroq «Real» va «Barselona» Holand transferini o‘rganayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi