Bugun
27
O'zbek

Vinisius haqidagi hujjatli film «Emmi» mukofotiga nomzod bo‘ldi

Futbol
24 sentabr, 02:15
    10
Xalqaro «Emmi» mukofoti AQShdan tashqarida yaratilgan eng yaxshi televizion dastur va seriallarga topshiriladi.
Vinisius haqidagi hujjatli film «Emmi» mukofotiga nomzod bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Real» vingeri Vinisius Junior haqida suratga olingan Baila, Vini («Raqsga tush, Vini») hujjatli filmi Xalqaro «Emmi» mukofotiga nomzodlar qatoridan joy oldi.

Netflix tomonidan 2025-yilda taqdim etilgan film Braziliya milliy jamoasi va «Real» yulduzining hayoti hamda futboldagi faoliyati haqida hikoya qiladi. Unda Vinisiusning muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, faoliyatidagi muhim voqealar hamda sportdagi irqchilikka qarshi kurashi yoritilgan. Kartina «Sport hujjatli filmi» nominatsiyasida mukofot uchun kurashadi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro «Emmi» mukofoti AQShdan tashqarida yaratilgan eng yaxshi televizion dastur va seriallarga topshiriladi. Bu yilgi taqdirlash marosimi 23-noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar Xalqaro televizion san’at va fanlar akademiyasi tomonidan aniqlanadi. Avvalroq «Real» Vinisius bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar