“Real” Vinisius Junior bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
Braziliyalik vinger Madrid klubi bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan yangi 6 yillik shartnoma imzoladi.
Ispan OAVlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi boshidanok “Real”da qolishni xohlagan, klub prezidenti Florentino Peres esa uni jamoa loyihasining asosiy figuralaridan biri deb hisoblab kelgan. Shuningdek, bosh murabbiy Joze Mourinio ham kelishuvni uzaytirish jarayonida faol ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, “qaymoqranglilar” bilan bir yillik shartnomasi qolgan Vinisiusga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirgandi.
Vinger 2018 yildan buyon “Real” safida to'p tepmoqda. U o'tgan mavsumda La Ligada 36 o'yinda 16 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Rasman: “Real” Vinisius bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
6 avgust, 14:28
8 yildan buyon madridliklar safida o'ynayotgan vinger jamoada qolishga qaror qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi