Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi o‘yin amaliyotidan qat’i nazar, Estevaoni milliy jamoaga chaqirishda davom etishini ma’lum qildi.
«Chelsi»ning 19 yoshli vingeri bu mavsumda londonliklar safida barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushdi, ammo birorta o‘yinni ham to‘liq o‘tkazmadi.
«Estevao ham boshqa yosh futbolchilar kabi biz uchun juda va juda muhim. Hatto u klubida o‘ynamasa yoki yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa ham, uni milliy jamoaga chaqirishda davom etaman.
Gap shundaki, biz uni kelajak uchun nihoyatda muhim futbolchi deb hisoblaymiz va unga natijalarini yaxshilash imkoniyatini berishni xohlaymiz», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi London Football.
Anchelotti: «Estevao «Chelsi»da umuman o‘ynamasa ham, milliy jamoaga chaqirishda davom etaman»
Futbol
25 sentabr, 10:17
Braziliya bosh murabbiyi bu boradagi qarorini izohladi.
Foto: Getty Images