Live
13
O'zbek

Rafinya Braziliya milliy jamoasida Neymarning raqamini oldi

Futbol
25 sentabr, 04:05
    5
Endrik va Estevao ham raqamini o‘zgartirdi.
Rafinya Braziliya milliy jamoasida Neymarning raqamini oldi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya yaqin orada bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik bahslarida Braziliya milliy jamoasi safida 10-raqam ostida maydonga tushadi.

Yangi raqamlar taqsimoti milliy jamoaning 2030-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlikning yangi siklini boshlashi doirasida amalga oshirildi. Bu haqda UOL xabar berdi.

2026-yilgi mundialda Rafinya 11-raqamda o‘ynagandi, 10-raqam esa Neymarga tegishli bo‘lgan. Endrik ham raqamini o‘zgartirdi — u endi 19-raqam o‘rniga 9-raqamda o‘ynaydi. Estevao esa 20-raqam o‘rniga 11-raqamni oldi.

Vinisius Junior 7-raqamni, Bruno Gimaraes esa 8-raqamni saqlab qoldi.

Bugun, 25-sentabr kuni Taunsvill shahrida Avstraliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin Braziliya uchun Jahon chempionatidan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi. 29-sentabr kuni «kengurular»ga qarshi yana bir bahs o‘tkaziladi. 3-oktabr kuni esa «selesao» Hindiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar