Live
13
O'zbek

Anchelotti Vinisiusning hozirgi holati haqida: «U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri»

Futbol
23 sentabr, 10:38
Karlo 2025-yilda Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Anchelotti Vinisiusning hozirgi holati haqida: «U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri»
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Juniorning hozirgi formasi haqida fikr bildirdi.

«Balki, hozir u uchun eng yaxshi davr emasdir. Ammo, masalan, jahon chempionatida u yaxshi o‘ynadi. Futbolchi har doim 100 foiz tayyor holatda bo‘la olmaydi. Vinisiusning sifatlari esa shubha ostiga qo‘yilmaydi. U fantastik futbolchi, dunyoning eng yaxshilaridan biri. Ishonamanki, keyingi uchrashuvlarda u o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etadi», — dedi Anchelotti, uning so‘zlarini The Times of India nashri keltiradi.

Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis 2021-yildan 2025-yilgacha Madrid klubiga bosh murabbiylik qilgan va shu davrda braziliyalik hujumchi bilan ishlagan. 2025-yilda «Real»ni tark etgan Anchelotti Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar