Oʻzbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo oʻyinlari chorakfinalidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoniga (3:0) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Yigitlarga rahmat aytaman. Sabr qilib, o‘yin oxirigacha konsentratsiyani yo‘qotishmadi. Nazorat bizning qo‘limizda bo‘ldi.
Aynan shu jamoa ko‘p turnirlardan chorakfinalda o‘ta olmayotgandi. Shu sabab bugungi g‘alaba ruhiy tomondan juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yarimfinalga chiqdik, ammo to‘xtash niyatimiz yo‘q. Doim oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yamiz. Avvalgi Osiyo o‘yinlarida bronza medali qo‘lga kiritilgan. Demak, natijani yaxshilashga harakat qilishimiz kerak.
Bu jamoa Olimpiada saralashiga bosqichma-bosqich tayyor bo‘lib boradi. Barchasi tizimli ketmoqda. Umuman, davlat miqyosida qilinayotgan ishlar sabab barcha yosh toifalarida futbolimiz reytingi oshib bormoqda», — deydi Haydarov matbuot anjumanida.
O‘zbekiston yarimfinalda Yaponiya — KXDR juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Ravshan Haydarov: «To‘xtash niyatimiz yo‘q. Avvalgi turnirdagi natijani yaxshilashimiz kerak»
Futbol
25 sentabr, 06:44
13
O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Osiyo o‘yinlari chorakfinalidagi g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi