Live
14
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yirik hisobda yengib, ilk yarimfinalchiga aylandi

Futbol
25 sentabr, 02:54
    40
Ravshan Haydarov jamoasi final yo‘llanmasi uchun Yaponiya — KXDR juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yirik hisobda yengib, ilk yarimfinalchiga aylandi
Foto: UFA

Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol sport turida chorakfinal bosqichi start oldi.

Birinchi juftlikda O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga imkoniyat qoldirmay, javobsiz 3 ta gol urdi. Dilshod Murtazoyev, Azizbek To‘lqinbekov va Firdavs Abdurahmonov to‘p kiritdi.

Ravshan Haydarov jamoasi yarimfinalda Yaponiya — KXDR juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo o‘yinlari. Chorakfinal
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni 3:0

25 sentyabr, Nagoya, «Mizuho Stedium»
Gollar: Dilshod Murtazoyev (12), Azizbek To‘lqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (86).
O‘zbekiston — Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyos Rizaqulov (Dilshod Abdullayev, 81), Quvonch Xushvaqtov, Sardor Bahromov (Firdavs Abdurahmonov, 81), Saidumar Saidnurullayev (Ollobergan Karimov, 62), Muhammadali O‘rinboyev (Nurlan Ibraimov, 85), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 85), Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U23 O‘zbekiston U23
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar