Osiyo o‘yinlari guruh bosqichi 3-turi doirasida O‘zbekiston U-23 va Vyetnam U-23 milliy jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Unda o‘zbekistonlik futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda gollarga Muhammadali O‘rinboyev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinda ham zafar quchib, yuz foizlik natija qayd etdi. Endi ular o‘z yurishini pley-off bosqichida davom ettiradi.
Osiyo o‘yinlari.
Guruh bosqichi, 3-tur.
Vyetnam — O‘zbekiston 0:2
Gollar: O‘rinboyev 5, Ibraimov 67.
O‘zbekiston U-23 — 21. Muratbayev, 2. Hamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 5. Xushvaqtov, 8. Saidov, 10. O‘rinboyev (sardor), 11. Jumayev, 13. To‘lqinbekov, 15. Abdunazarov, 19. Karimov.
Zaxira: Murkayev, Xayrullayev, Baxromov, Saidnurillayev, Rustamov, Reimov, Abdurahmonov, O‘rmonjonov, Abdullayev, Ibraimov, Shodiboyev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi