Bugun
23
O'zbek

Keyn «MYu» qiziqishlariga qaramay «Bavariya»da qolmoqchi

Futbol
22 sentabr, 02:10
Garri Myunxenda o‘zini baxtli his qilmoqda.
Keyn «MYu» qiziqishlariga qaramay «Bavariya»da qolmoqchi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn faoliyatini Myunxen klubida davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

«Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish kuchayib borayotganiga qaramay, 33 yoshli hujumchining asosiy maqsadi — «Bavariya»da qolish. Keyn Myunxenda o‘zini baxtli his qilmoqda va klub bilan yangi uch yillik shartnoma borasida muzokaralarni davom ettiryapti.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Yunayted» Keyn «Tottenhem»da o‘ynagan paytida ham uni sotib olishga harakat qilgan. Biroq «taqachilar» rahbariyati hujumchini APLdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibiga sotishni istamagan. Shundan so‘ng hujumchi «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgandi.

Keyn ushbu mavsum barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.

Avvalroq Garri The Athletic talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar