«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» ispaniyalik 23 yoshli futbolchining transferi uchun 150 million yevro sarflashga tayyor. Biroq «Barselona» Lopes bilan xayrlashishni istamayapti.
Kataloniyaliklar ispaniyalik yarimhimoyachini o‘z tarkibida saqlab qolishni istamoqda. Hatto mankunianliklar shartnomadagi tovon pulini to‘lash orqali transferni amalga oshirishga uringan taqdirda ham, kelishuvga erishish qiyin bo‘lishi mumkin.
Bu mavsumda Fermin «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assistni qayd etdi. Futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2031-yil 30-iyungacha amal qiladi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» bosh murabbiy Maykl Karrikni iste’foga chiqarishni istamayotgani xabar qilingandi.