Live
1
O'zbek

«Tottenhem» De Zerbi bo‘yicha bir qarorga keldi

Futbol
21 sentabr, 14:10
«Taqachilar» Angliya Premyer-ligasida 5 turdan so‘ng 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
«Tottenhem» De Zerbi bo‘yicha bir qarorga keldi
Фото: Getty Images

«Tottenhem» klubi bosh murabbiy Roberto De Zerbiyni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati qoniqarsiz natijalar fonida italiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarmaydi. Klub De Zerbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

FIFA kunlaridan so‘ng natijalar yaxshilanishi va hozirgi vaziyatdan chiqib ketishlariga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, «taqachilar» Angliya Premyer-ligasida 5 turdan so‘ng 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. Bunday natija londonliklar tarixida 2008-yilda kuzatilgan. «Tottenhem» APLning 6-turida 10-oktabr kuni safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq London klubi hujumchi Risharlison bo‘yicha BAA klublaridan tushgan takliflarni rad etgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar