Bugun
20
O'zbek

Vali Sultonov: «Qo'limizdan kelganicha «Xorazm»ni Superligada olib qolamiz»

Eksklyuziv
21 sentabr, 14:58
«Xorazm» ustozi «Qizilqum»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Vali Sultonov: «Qo'limizdan kelganicha «Xorazm»ni Superligada olib qolamiz»
Фото: Хоразм ПФК
21.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 3 Qizilqum Qizilqum

Bugun «Xorazm» o'z maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi. Garchi mezbonlar birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lishlariga qaramay, keyinchalik o'z darvozalaridan 3 ta gol o'tkazib yubordilar. Qolaversa, 60-daqiqada maydon egalari maydonda bir futbolchi kam bo'lib qolishdi. O'yindan so'ng urganchliklar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida shunday dedi:

- Juda achinarli holat bo'ldi. Uyda mag'lub bo'lishni qabul qilish juda qiyin. Hali mavsum tugagani yo'q. Oldinda yana 8-9 ta tur bor. Xudo xohlasa, oxirigacha kurashamiz.

To'g'ri, futbolchilarimiz harakat qilishyapti, turnir jadvali bo'yicha pastki o'rinlardan biridamiz. Biz albatta harakat qilamiz. Muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Qo'limizdan kelganicha «Xorazm»ni Superligada olib qolamiz, oldinda hali o'yinlar bor», - deya Sultonovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar