Bugun
20
O'zbek

«Liverpul» Alisson bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti

Futbol
21 sentabr, 15:40
Avvalroq «Yuventus» Alisson bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqan edi.
«Liverpul» Alisson bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti
Фото: Getty Images

«Liverpul» darvozaboni Alisson bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hozircha muzokaralar boshlanmagan. Bu haqda The Athletic jurnalisti Jeyms Pirs xabar berdi. Braziliyalik kiperning jamoadagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

«U keyingi mavsumda ham shu yerda qoladimi? Hozircha buni bilmaymiz. Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, barcha tomonlar uchun hali juda erta. Hozircha muzokaralar bo‘lmagan», — dedi Pirs.

Eslatib o‘tamiz, uning klub bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Mersisaydliklar bitimni yana bir yilga uzaytirish borasida Alisson bilan muzokarani boshlamagan.

Avvalroq «Yuventus» Alisson bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Biroq ingliz klubi uni qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgandi. Ammo Turin klubi qishda yana unga taklif bilan murojaat qilishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar