«Barselona» himoyachisi Alejandro Balde qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda El Nacional Independent nashriga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» 22 yoshli chap qanot himoyachisini tarkibiga qo‘shishdan manfaatdor. Mersisayd klubi futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Biroq «Barselona» Baldeni ushbu summaga sotishga tayyor emas. Kataloniya klubi himoyachi uchun kamida 40 million yevro olishni istamoqda. Shu sababli tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda transfer summasi asosiy masalalardan biri bo‘lishi mumkin.
Balde ushbu mavsumda «Barselona» safida bor-yo‘g‘i bir bahsda maydonga tushib, 12 daqiqa o‘ynadi. Futbolchi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning ishonchini yo‘qotgani sababli qishda jamoani tark etishi mumkin.
Ispaniyalik himoyachi «Barselona» asosiy jamoasi safida jami 169 ta bahsda qatnashib, 3 ta gol urgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.