Live
17
O'zbek

«Barselona» Holand uchun katta taklif tayyorlamoqda

Futbol
20 sentabr, 08:00
Kataloniya klubi norvegiyalik hujumchini 2027-yilda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» Holand uchun katta taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti» va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holandni hamon transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 2027-yilda 26 yoshli futbolchi uchun katta taklif bilan chiqishi mumkin. «Barselona» rahbariyati norvegiyalik hujumchini jamoaning markaziy hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Holandning transfer qiymati 220 million yevroga baholanmoqda. Norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi esa 2034-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Holand ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida to‘rtta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi. Norvegiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda ham «Manchester Siti»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Qayd etish joiz, «Barselona» esa ayni vaqtda Ispaniya chempionatidagi bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar