OFK «Paxtakor» darvozaboni Vladimir Nazarov hamda «Neftchi» himoyachisi Koffi Kouaoni Elit chempionlar ligasi 1-turining ramziy jamoasiga kiritdi.
O‘zbekiston klublari vakillari turnirning dastlabki turidagi o‘yinlari bilan e’tibor qozondi. Nazarov darvozabonlar orasidan, Kouao esa himoyachilar safidan ramziy jamoaga joylashtirildi.
OFK tomonidan tuzilgan ramziy jamoa Elit chempionlar ligasining 1-turida o‘z jamoalari safida munosib o‘yin namoyish etgan futbolchilardan shakllantirildi.
Eslatib o'tamiz, ilk tur bahsida «Neftchi» o'z uyida «Eyr Fors»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, «Paxtakor» mehmonda «Al Ahli» bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi.
Ma’lumot uchun, OFK Elit chempionlar ligasi Osiyoning klublar o‘rtasidagi asosiy musobaqasi hisoblanadi. Unda O‘zbekiston sharafini «Paxtakor» va «Neftchi» himoya qilmoqda.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi