Live
14
O'zbek

«Ehtiyot bo‘ling. Siz boshqa o‘yinni ko‘ribsiz» — Postekoglu Ronaldu tanqid qilgan jurnalistga

Futbol
16 sentabr, 10:03
    34
«An Nasr» ustozi «Al Ayn» bilan o‘yinda hujumchi hech narsa qilmaganini aytgan jurnalistga keskin javob berdi.
«Ehtiyot bo‘ling. Siz boshqa o‘yinni ko‘ribsiz» — Postekoglu Ronaldu tanqid qilgan jurnalistga
Foto: Getty Images
15.09.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Al-Ain Al-Ain 4 : 0 Al Nassr Al Nassr

«An Nasr» bosh murabbiyi Anje Postekoglu Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida «Al Ayn»dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng jurnalist bilan hissiyotga berilgan holda muloqot qildi.

Matbuot anjumanida jurnalist Krishtianu Ronaldu va jamoaning bahsga tayyorgarligi haqida savol berdi.

«Siz yomon tayyorlanganimizni aytyapsiz, ammo bu haqiqat emas. Rostgo‘y bo‘ling. Bu — mening mas’uliyatim. Balki o‘z ishimni kerakli darajada bajara olmagandirman. Mayli, shunday bo‘lsin. Ammo, iltimos, tayyorgarlik haqida bunday gapirmang», — deb javob berdi mutaxassis.

Shundan so‘ng jurnalist Ronaldu «An Nasr»ga yordam bermayotganini aytdi.

«Krishtianu allaqachon 3 ta gol urdi. Uning tayyorgarlik jarayonidagi ishtiroki cheklangandi. Gap futbolchilarda emas. Ular bor kuchlarini ishga solishyapti. Ular kuchli xarakterga ega, yuqori darajali futbolchilar. Mas’uliyat mening zimmamda, tushunarlimi?

Hamma uchun namuna bo‘lib turgan inson haqida bunday gapirish kerak emas. Shuningdek, faoliyatini davom ettirish uchun har qanday qurbonlikka borib, katta karyera qurgan insonlar haqida bunday fikrlarni bildirishda ehtiyotkor bo‘lish kerak.

Aytganimdek, meni tanqid qilishingiz mumkin — hech qanday muammo yo‘q. Bu — oddiy holat. Axir u uchta o‘yinda gol urmadimi? Bu bahsda ham unda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lmadimi?»


Jurnalist Ronaldu bu o‘yinda «hech narsa» qilmaganini yana aytganida, Postekoglu shunday javob berdi: «Siz boshqa o‘yinni ko‘ribsiz».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ain Al-Ain
  • Al Nassr Al Nassr
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

34 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar