Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniriga start berildi. O‘zbekiston vakili «Nasaf» musobaqadagi ilk uchrashuvini Bahraynda «Al Xolidia»ga qarshi o‘tkazdi. Unda hisob ochilmadi — 0:0.
Endilikda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi turnirning 2-turida 14-oktabr kuni Qarshida BAAning «Al Vahda»sini qabul qiladi.
OChL-2. 1-tur. A guruhi
Al Xolidia — Nasaf 0:0
Al-Xolidia — G‘arabliy, Odil, Sabbar (Diya 78), Uilson (Hazza Ali 87), Bumessus, Buhra (Al Usmoniy 78), Mendi, Velkovski, Drozdek, Masvangani (Al Haj Usmon 78), Faraj.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Akromjon Komilov (Yashnarbek Berdirahmonov 79), G‘olib G‘aybullayev, Adenis Shala, Zafarmurod Abdirahmatov, Bobur Abdiholiqov (Yusuf Otubanjo 78), Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Abbosjon G‘ulomov, Umarbek Eshmurodov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi