O‘zbekiston Kubogi 1\8 final doirasida OKMK o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kecha «Xorazm»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Sergey Tokov o‘rnini mahalliy mutaxassis Vali Sultonov egalladi. Bugun esa urganchliklar ushbu mutaxassis qo‘l ostida ilk o‘yinni o‘tkazdilar. Lekin Vali Farhodovichning debyuti mag‘lubiyat bilan boshlandi va Kubok musobaqasini tark etdi. Uchrashuvdan keyin Sultonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin juda chiroyli, zo‘r bo‘ldi. Avvalambor, OKMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli bahs guvohi bo‘ldik. Xuddi jahon chempionati o‘yinidek kechdi, dramatik o‘tdi. O‘yin menga yoqdi.
- Bir necha kun oldin «Xorazm» shu yerda OKMK bilan chempionat doirasida o‘ynab ketgandi. Siz o‘sha o‘yinni ko‘rganingizga shubha yo‘q. O‘sha uchrashuv bilan solishtirganda jamoada nimani o‘zgartirdingiz?
- To‘g‘ri savol berdingiz. Kecha jamoani qabul qilib oldim va birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdim. Bugun esa o‘yinni o‘tkazdik. Asosiy tarkib a’zolaridan 6-7 tasida jarohat borligi sababli uyda qolishdi. Qolgan futbolchilar bugun maydonga tushib, o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman. Mehnat qilishdi. Yigitlarning o‘yinidan roziman.
- Demak, 13 kun oldingi o‘yindan keyin jamoada nimadir o‘zgargan-a?
- O‘yinning o‘zi ko‘rsatyapti-ku. Uchrashuvning jahon chempionatidan farqi qolmadi. Mirjalol akam necha yillik qadrdonim va ustozim hisoblanadi. Keyingi o‘yinlarda va Kubokni qo‘lga kiritishida OKMKga omad tilayman», - deya Vali Sultonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Vali Sultonov: «Uchrashuvning jahon chempionatidan farqi qolmadi»
Eksklyuziv
16 sentabr, 13:38
«Xorazm» ustozi OKMKga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Хоразм ПФК
16.09.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
ОКМК
2
:
1
Xorazm