«Xorazm» klubi bosh murabbiy Sergey Tokov bilan o‘zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tokov va uning murabbiylar shtabi tark etgan.
«Xorazm» rahbariyati Sergey Tokov hamda murabbiylar shtabi a’zolariga klubdagi faoliyati, jamoa rivoji yo‘lidagi mehnati va qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.
Klub Sergey Tokov va murabbiylar shtabiga kelgusidagi professional faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilaydi», - deyiladi xabarda.
Endilikda Vali Sultonov jamoani qolgan uchrashuvlarda bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi.