«Xorazm» klubi o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi va hujumkor o‘tgan bellashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0.
O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Nima ta’sir qilganini bilmayman, ammo ikkinchi bo‘limda barcha vaziyatlarda jips harakat qildik, ustunlik qildik, o‘ynadik, g‘alabani xohladik. Bunga nisbatan e’tirozim yo‘q — yigitlar o‘ynashdi, harakat qilishdi. Faqat omad yetishmadi, chunki raqib ommaviy tarzda himoyaga o‘tirdi. Raqib juda yaxshi himoyalandi, ular ham besh nafar himoyachi bilan o‘ynashdi. Bu — futbol, nima ham derdik.
— Bugungi o‘yin uchun qanday reja ishlab chiqilgan edi? Nimalarni rejalashtirgan edingiz?
— Bugungi rejami? Umuman olganda, tayyorlagan rejamizning ko‘p jihatlari amalga oshdi, faqat vaziyatlarni yakunlash yetishmadi. Bizga yakunlovchi harakatlar biroz yetishmayapti. Balki hujum chizig‘ida yetishmovchilik bordir — buni avval ham aytganman. Masalani hal qila oladigan, o‘yinni o‘z qo‘liga olib, hal qiluvchi qaror qabul qiladigan futbolchilar yetishmayapti. Ya’ni, vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishimiz kerak. Hozir esa har doim ham futbolchilarni qo‘shimcha jalb qilish imkoniyati yo‘q. Bor futbolchilar bilan ishlaymiz, ularni o‘rgatamiz va keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
— Menga eng yoqqan jihati — bizning jamoamiz yaxshiroq o‘ynadi. Mening fikrimcha, umuman olganda, yomon o‘ynamadik. Juda ko‘p hujum qildik. Chuqur himoyalanayotgan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin, chunki bo‘sh hudud qolmaydi. Raqib jamoa ham tajribali, futbolchilari ham yaxshi jamoalarda o‘ynashgan. Ular ayniqsa himoyada juda yaxshi harakat qilishdi. Hammasi intizomli tarzda edi. Shuning uchun o‘yin qiyin kechdi.
— Biz g‘alaba qozonishni xohladik, harakat qildik. Umuman olganda, yagona kamchilik — yaratgan vaziyatlarimizni gol bilan yakunlay olmadik. Yigitlarga nisbatan esa katta e’tirozim yo‘q», - deya Tokovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Sergey Tokov: «Raqib juda yaxshi himoyalandi»
Eksklyuziv
10 sentabr, 17:28
«Xorazm» ustozining «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari.
Фото: Хоразм ПФК
10.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Xorazm
0
:
0
So'g'diyona