Live
6
O'zbek

Superliga. «Dinamo» o'z maydonida «Qizilqum»dan ustun keldi

Futbol
10 sentabr, 12:03
    4
Samarqandliklar yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Superliga. «Dinamo» o'z maydonida «Qizilqum»dan ustun keldi
Foto: Dinamo Samarqand
10.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand 1 : 0 Qizilqum Qizilqum

Superliganing 21-turida «Dinamo» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 69-daqiqada kiritildi. «Dinamo» futbolchisi Abdug‘afur Haydarov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Dinamo» bahsning 36-daqiqasidan bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Jaloliddin Jumaboyev qizil kartochka bilan maydonni tark etdi, biroq samarqandliklar hisobni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng «Dinamo» Samarqand ochkolarini 30 taga yetkazib, 9-o‘rinda qoldi. Navoiyliklar — «Qizilqum» esa 26 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 21-tur
Dinamo — Qizilqum 1:0
Gol: Haydarov 69.
Chetlatish: Jumaboyev 36.
Ogohlantirish: Radaev 78.

Dinamo: Nemanov, Radaev (Mustafoyev, 89), Shtefan, Amonov, Dumbuya, Avanesyan (Yo‘ldoshev, 46), Jumaboyev, Abdusalomov (Haydarov, 46), Xudayberdiyev, Stanoevich, Oblaqulov (To‘xtasinov, 71).
Qizilqum: Rahmatov, Jumanqo‘ziyev, Rahmatullayev, Turopov (Abdug‘offorov, 75), Kumburovich, Bozorov, Jigauri (Maykon Duglas, 75), Nematxonov (Shukurillayev, 16), Ro‘ziyev (Otaqulov, 46), Rahmatilloyev, Jo‘raqo‘ziyev (Kenjaboyev, 53).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar