«Barselona» Hans-Diter Flikning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatidan mamnun. Shunga qaramay, klub uzoq muddatli rejalarini ham ishlab chiqmoqda va kelajakda Mikel Artetani taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» Artetani bir kun kelib «Kamp Nou»ga qaytarish mumkin bo‘lgan murabbiy sifatida ko‘rmoqda. Ispaniyalik mutaxassis avvalroq kelajakda vatani Ispaniyaga qaytib, yirik klubni boshqarishi mumkinligini bir necha bor bildirgan.
Mikel Arteta «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019-yil dekabridan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda Arteta qo‘l ostidagi londonliklar Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.