Live
5
O'zbek

«Barselona» Rodrini dastlab nega transfer qilishni rejalashtirmagani ma'lum bo'ldi

Futbol
10 sentabr, 09:45
    5
Kataloniya klubi futbolchining «Man Siti»ni tark etishi haqidagi xabardan keyingina transfer ustida ish boshlagan.
«Barselona» Rodrini dastlab nega transfer qilishni rejalashtirmagani ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deku «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrigo Rodrigesni transfer qilish jarayoni qanday boshlanganini tushuntirdi.

«Dastlab u «Manchester Siti»ni tark etmaydi, bu imkonsiz deb o‘ylagandik. U ketishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lishi bilan, avvalo sport direktoriga qo‘ng‘iroq qilib, buni tasdiqladik. U menga Rodri bilan shartnomani uzaytirish taklifi borligini aytdi. Ammo futbolchi ketishga qaror qilsa, klubdagi faoliyatini hisobga olgan holda, unga to‘sqinlik qilish qiyin bo‘ladi. Bosh murabbiy ham rozilik berdi va biz transfer ustida ishlay boshladik», — dedi Deku RAC1 radiosi efirida.

Eslatib o'tamiz, Rodri 2026 yil avgustida «Barselona» futbolchisiga aylandi va klub bilan to‘rt mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar