Bugun
27
O'zbek

Yamal «Barsa» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi

Futbol
10 sentabr, 01:30
    3
Avvalgi rekord Boyan Krkichga tegishli edi.
Yamal «Barsa» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
09.09.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 5 : 1 Feyenord Feyenord

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoada ilk bor sardorlik bog‘ichini taqdi.

Bu Chempionlar Ligasi doirasida «Feyenoord»ga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi. Bahs kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ispaniyalik futbolchi 77-daqiqada jarima zarbasidan gol urdi.

19 yoshli Yamal «Barselona» tarixida sardorlik bog‘ichini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Boyan Krkichga tegishli edi. U 20 yoshida «Barselona» sardori bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 13 sentyabr kuni Hans-Diter Flik shogirdlari La Liga doirasida safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Feyenord Feyenord
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar