«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi doirasidagi «Feyenoord»ga qarshi 5:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Rafinya va Yamalning bunday o‘ynayotganini ko‘rish juda yoqimli. Jamoada yaxshi muhit hukm surmoqda. Lamin ajoyib o‘yin o‘tkazdi, gol urdi va sardor bo‘ldi.
Menimcha, biz juda yaxshi ishlayapmiz. To‘p bilan o‘yindagi darajamiz yuqori. Bundan juda xursandman.
Ayrim jihatlarni yaxshilashimiz mumkin, deb o‘ylayman. Rivojlanish uchun salohiyat bor va aynan shuning ustida ishlashimiz kerak.
Yuqori intensivlikda mashg‘ulotlarni davom ettirib, buni rasmiy o‘yinlarga ko‘chirish zarur», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi Movistar efirida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi