«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar Ligasi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatni izohladi.
«Har doim shunday tuyuladiki, agar ikkinchi bo‘limda birinchi bo‘limdagidek o‘ynamasang, demak, jismoniy muammolar bor. Biz esa shunchaki ikkinchi bo‘limda yomon o‘ynadik.
Haqiqat shuki, biz ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz: bugun ikkita, Bilbaoda uchta, Sevilyada bitta... Bu jamoa hali shakllanish jarayonida ekani bilan bog‘liq, kimgadir buni eshitish yoqmasa ham. Biz hali ko‘p jihatlarni to‘g‘rilashimiz kerak.
Biz mag‘lub bo‘la boshlaganimizdan keyin almashtirishlarni amalga oshira boshladik. Bu boshqa yechimlarni izlash edi, chunki ikkinchi bo‘limda bizda vaziyatlar bo‘lmadi.
Futbolda aynan detallar yuqorida, o‘rtada yoki quyi pog‘onada bo‘lishingni belgilab beradi. Men bu detallarni to‘g‘rilashim kerak va biz ishlashimiz zarur.
Jamoa o‘zi o‘ynashi kerak bo‘lgan o‘yinni o‘tkazdi, ammo ikkinchi bo‘limda vaziyatni yaxshiroq o‘qiy olishimiz kerak edi.
Yigitlar bor kuchini berdi, yaxshi o‘yin o‘tkazdi va rivojlanishi kerak. Biz xatolarni to‘g‘rilashimiz zarur, mag‘lubiyat esa ijobiy jihatlarning barchasini yo‘qqa chiqaradi», — dedi «Atletiko» bosh murabbiyi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi