Rossiyalik UFC jangchisi va ikki vazn toifasida chempion Islom Maxachev «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak deb hisoblaydi.
«Jahon chempionatini hisobga olmasak, «Oltin to‘p»ni Kvaratsxeliya bergan bo‘lardim», — dedi Maxachev.
Qayd etish lozim, «PSJ»ning 10 nafar futbolchisi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy oldi. Ular orasida Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Markinyos, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Vilyan Pacho, Fabian Ruiz, Ferran Torres va Vitinya ham bor.