Bugun
50
O'zbek

«PSJ», «Inter» va APLning uch klubi «Barselona» himoyachisini kuzatmoqda

Futbol
9 sentabr, 03:15
Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchi uchun 50-55 million yevrolik taklifni ko‘rib chiqishi mumkin.
«PSJ», «Inter» va APLning uch klubi «Barselona» himoyachisini kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, futbolchiga Angliya Premyer-ligasining «Tottenhem», «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Garsiya «PSJ», «Roma», «Inter» va «Komo» klublari e’tiborida.

«Barselona» 25 yoshli himoyachini sotishni istamayapti. Biroq klubga 50-55 million yevro atrofida taklif kelib tushsa, muzokaralarga kirishishga tayyor.

Garsiya ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining uchta bahsida maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Inter Inter
  • Tottenhem Tottenhem
  • Aston Villa Aston Villa
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar