Bugun
50
O'zbek

«Latsio» Diogu Leyteni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
9 sentabr, 03:00
Portugaliyalik himoyachi Rim klubiga erkin agent sifatida kelib, ikki yillik shartnoma imzoladi.
«Latsio» Diogu Leyteni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi
Foto: Getty Images

«Latsio» Diogu Filipe Monteyru Pintu Leyte bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 29 yoshli futbolchi 30 iyun kuni «Union Berlin»ni tark etib, erkin agentga aylangandi.

Rim klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Leyte bilan ikki yillik shartnoma tuzilgan. Kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Leyte avval «Union Berlin» safida to‘p tepgan. «Latsio» A Seriyaning ushbu mavsumini muvaffaqiyatli boshlagan va dastlabki uchta bahsning barchasida g‘alaba qozongan.

Rimliklar o‘tgan mavsumda Italiya chempionatini to‘qqizinchi o‘rinda yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
  • Yunion Yunion
Bugungi yangiliklar