Bugun
50
O'zbek

Mayk Din APLdagi noodatiy holatni aytdi: «Bir necha bor shunday qilganman»

Futbol
9 sentabr, 03:45
Sobiq hakam ayrim bahslarda hushtak chalmasdan qancha vaqt davom eta olishini sinaganini ma’lum qildi.
Mayk Din APLdagi noodatiy holatni aytdi: «Bir necha bor shunday qilganman»
Foto: Getty Images

Angliyalik sobiq hakam Mayk Din mamlakat chempionati bahslarida ishlagan vaqtida ba’zan imkon qadar uzoq vaqt hushtak chalmaslikka yoki maydon markazidagi doirada turib, qarorlar chiqarishga harakat qilganini aytdi.

«Bizda shunchaki kulgi uchun shunday bahslar bo‘lardi. Hazillashardik. «Qani, hushtak chalmasdan qancha vaqt davom eta olishimizni ko‘ramiz», derdik. Men APLda ham buni bir necha bor qilganman. Ba’zida 20-25 daqiqa hushtak chalmaganman: «O‘ynang, o‘ynang, o‘ynang», derdim.

Ba’zan esa maydon markazidagi doirada imkon qadar uzoq turardim. Yordamchilarim: «Buni uddalay olmaysan», deyishardi. Men esa: «Sinab ko‘raman», deb javob berardim. Bir bahsda markaziy doiradan chiqmasdan taxminan 15 daqiqa turganman», — dedi Din Jeymi Vardining Having a Party podkastida.

Dinning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar bahslarda VAR tizimidan foydalanish boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan.

Din 2021/22 yilgi mavsumdan so‘ng hakamlik faoliyatini yakunlagan. 2023 yilda esa bosh hakamning videoassistentligi vazifasini ham to‘xtatgan. U faoliyati davomida Angliya chempionatida 500 dan ortiq bahsda ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar