«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs haqida fikr bildirdi.
«Bu haqiqatan ham murakkab bahs bo‘ladi. Men avval ushbu stadionda bo‘lganman va ular qanday muhit yaratishini bilaman. Uy maydonidagi natijalari chindan ham ta’sirli. Ularning tajribali murabbiyi va ligada o‘ynagan ko‘plab futbolchilari bor. Shu sababli bizni nimalar kutayotganini bilamiz. Biz tayyormiz va a'lo kayfiyatdamiz», — deya Artetaning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.
«Napoli» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 9 sentyabr kuni Neapoldagi «Diego Armando Maradona» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.