«Inter» Chempionlar ligasining 1-turida «Real»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, milanliklar bahs davomida yuqori faollik ko‘rsatdi.
Milan klubi futbolchilari to‘p uzatishlarning 94 foizini aniq amalga oshirdi. Bu Chempionlar ligasida 2003/04 yilgi mavsumdan boshlab batafsil statistika yuritila boshlaganidan beri «Real»ga qarshi o‘ynagan jamoalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
«Inter» Chempionlar ligasidagi navbatdagi bahsini oktabr oyida Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi o‘tkazadi.