Bugun
50
O'zbek

Bellinghem «Real»ning «Inter»ga qarshi bahsidagi muammosini aytdi

Futbol
9 sentabr, 00:30
Bellinghem «Real»ning «Inter»ga qarshi bahsidagi muammosini aytdi
Bellinghem «Real»ning «Inter»ga qarshi bahsidagi muammosini aytdi
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Inter Inter

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Chempionlar ligasining 1-turida «Inter» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani tahlil qildi.

«Biz «Inter»ga juda ko‘p vaziyat yaratishga imkon berdik. Shunday bo‘lsa-da, menimcha, umuman olganda, yaxshi o‘ynadik. Bu murabbiyning xizmatidir.

Ikkala golimiz ham yuqori pressing natijasida urildi. Balki avvalroq bu borada unchalik yaxshi emasdik. Ko‘plab ijobiy jihatlarni qayd etish mumkin, ammo baribir og‘izda achchiq ta’m qoldi», — dedi Bellinghem. Uning so‘zlarini Madrid Zone keltirgan.

«Real» navbatdagi bahsini 12 sentabr kuni La Ligada «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar