Live
1
O'zbek

Vinisius Chempionlar Ligasi haqida: «Bu mavsum boshqacha bo‘ladi va biz unda g‘olib bo‘lamiz»

Futbol
8 sentabr, 10:58
    2
Madridliklarning braziliyaliklar vingeri jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Vinisius Chempionlar Ligasi haqida: «Bu mavsum boshqacha bo‘ladi va biz unda g‘olib bo‘lamiz»
Foto: Gettyimages
08.09.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Inter Inter

Madridning «Real» klubi forvardi Vinisius Junior Chempionlar Ligasi yangi mavsum umumiy bosqichi starti oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madridliklar bugun, 8 sentyabr kuni 1-tur doirasida «Inter»ga qarshi maydonga tushadi.

«Umid qilamanki, biz 16-sovrinni qo‘lga kiritamiz. Bunga tayyormiz. Bu bizning musobaqa. So‘nggi ikki yilda Chempionlar Ligasida u qadar muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadik. Dastlabki maqsadimiz - umumiy bosqichni TOP-8da yakunlash. Biz har doim Chempionlar ligasini katta ishtiyoq bilan kutamiz. Bu mavsum avvalgi ikkitasidan farq qiladi va biz turnirda g‘olib bo‘lamiz», - dedi Vinisius «Real»ning klub telekanaliga intervyuda.

So‘nggi bor «Real» YECHL bosh sovrinini 2023-24-yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar