Bugun
58
O'zbek

Mareska YECHLdagi ilk raqib haqida: «Ularning aniq bir o‘yin uslubi mavjud»

Futbol
8 sentabr, 09:29
    1
Bugun «shaharliklar» YECHL yangi mavsumidagi ishtirokini boshlaydi.
Mareska YECHLdagi ilk raqib haqida: «Ularning aniq bir o‘yin uslubi mavjud»
Foto: Gettyimages
08.09.2026, 15:00 Chempionlar ligasi FC Porto FC Porto - : - Manchester Siti Manchester Siti

Bugun, 8-sentyabr kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasining yangi mavsumidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Umumiy bosqichning 1-turida Angliya jamoasi «Portu» bilan kuch sinashadi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Enso Mareska bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirar ekan, jamoasiga oson bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Bu juda yaxshi jamoa. Ularning futbolchilari turlicha, ammo jamoaviy o‘yin nuqtayi nazaridan hammasi juda puxta yo‘lga qo‘yilgan. Ular to‘psiz ham, to‘p bilan ham tajovuzkor o‘ynaydi, o‘ziga xos yaqqol uslubga ega. Ammo biz g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «shaharliklar» matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar