Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona»dan «Liverpul»ga doimiy ravishda o‘tishi mumkin.
Rousing The Kop nashrining xabar berishicha, futbolchining ijara shartnomasida 54,5 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati bo‘yicha band mavjud. Ta’kidlanishicha, u majburiy emas, biroq «Liverpul» mavsum tugashini kutmasdan istalgan paytda undan foydalanishi ham mumkin.
Agar mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, ingliz klubidagilar himoyachidan juda mamnun, shuning uchun klub futbolchini muddatidan oldin sotib olish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Ammo qarorning qabul qilinishi keyinroq muddatga qoldirilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» tarkibida 27 yoshli himoyachi Premer-ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi va 1 ta sariq kartochka oldi.