Bugun
58
O'zbek

«Arsenal» Gokeresh bilan xayrlashishga tayyor

Futbol
8 sentabr, 05:00
«To‘pchilar» faqat bir shart evaziga shvetsiyalik forvardni qo‘yib yuborishi mumkin.
«Arsenal» Gokeresh bilan xayrlashishga tayyor
Foto: Getty Images

«Arsenal» hujumchi Viktor Gokeresh bilan xayrlashishga tayyor, ammo buning uchun bir shart bor. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

«To‘pchilar» shvetsiyalik forvardni yangi hujumchi topilmaguncha jamoasidan qo‘yib yubormaydi. «Arsenal» uchun eng asosiy variant hamon «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda. Biroq argentinalik futbolchi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni istamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli Gyokeresh yangi mavsumda ikki uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi. Avvalroq «Barselona» Gokeresh bilan muzokaralarni boshlashga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar