«Real» «Arsenal» yarimhimoyachisi Deklan Raysni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
«Qirollik klubi» rahbariyati angliyalik futbolchini markaziy yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. «Arsenal» vakillari ham «Real»ning Raysga qiziqishi haqida xabardor. Shu bois «to‘pchilar» yarimhimoyachi bilan shartnomani uzaytirish ustida ish boshlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Raysning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 27 yoshli futbolchi klubning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq Deklan BBC talqiniga ko‘ra APLda mavsum futbolchisi deb topilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi