Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumi bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.
Nufuzli OAV talqiniga ko'ra, Deklan Rays eng yaxshi futbolchi deb topildi. «Arsenal» yarimhimoyachisi bu borada «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh va «Brentford» hujumchisi Igor Tiagoni ortda qoldirdi.
Yakunlangan mavsumda Rays APLda 36 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Manchester Siti» himoyachisi Niko O'Rayli esa «mavsum kashfiyoti» deb topildi. Bu borada ikkinchi o'rinni «Bornmut» vingeri Eli Krupi egalladi, uchinchi pog'onadan Londonning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Maks Douman joy oldi.
O‘Rayli yakunlangan mavsumda «shaharliklar» safida APLda 34 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq APL rasmiy sayti tomonidan Fernandesh eng yaxshi oʻyinchi, OʻRayli esa eng yaxshi yosh futbolchi sifatida eʼtirof etilgandi.