«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer Ligasining 2025/26-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
«Tarix kitoblariga kiradigan mavsum», — deyiladi APLning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Portugaliyalik yarimhimoyachi ushbu mavsum chempionatda 34 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va 20 ta assist qayd etdi.
Shu tariqa, Fernandesh Angliya chempionatidagi bir mavsumdagi eng ko‘p assist bo‘yicha rekordni takrorladi. Ayni paytda mavsum yakuniga qadar yana bir tur qolmoqda.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APLning so‘nggi turida 24-may kuni «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.