Live
3
O'zbek

Brunu Fernandesh «MYU»da Vidichdan keyin bu sovrinni olgan ilk futbolchiga aylandi

Futbol
23 may, 07:04
Portugaliyalik yarimhimoyachi APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Brunu Fernandesh «MYU»da Vidichdan keyin bu sovrinni olgan ilk futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Brayton Brayton 0 : 3 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh 2011-yildan buyon Angliya Premyer Ligasi mavsumining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan ilk klub futbolchisiga aylandi.

Bunga qadar ushbu mukofotni «qizil iblislar» safida serbiyalik himoyachi Nemanya Vidich qo‘lga kiritgandi.

Portugaliyalik yarimhimoyachi ushbu mavsum APLda 34 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va 20 ta assist qayd etdi. Shu tariqa, u Angliya chempionatidagi bir mavsumlik assistlar rekordi natijasini takrorladi.

Ma’lumot uchun, Nemanya Vidich «Manchester Yunayted» safida 2006–2016-yillar oralig‘ida faoliyat olib borgan. «Manchester Yunayted» mavsumning so‘nggi turida 24-may kuni «Brayton»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar