Live
3
O'zbek

Kerrik: "Biz bu davrni mavsum yakuni sifatida emas, balki keyingi bosqich sifatida qabul qildik"

Futbol
25 may, 03:05
"MYu" bosh murabbiyi "Brayton"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kerrik: "Biz bu davrni mavsum yakuni sifatida emas, balki keyingi bosqich sifatida qabul qildik"
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Brayton Brayton 0 : 3 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL so'nggi tur doirasidagi "Brayton"ga qarshi o'yin (3:0)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz mavsumni yuqori notada yakunladik, oxirgi o'yinlar yaxshi o'tdi. 3-o'rinni olishimiz deyarli hal bo'lgandi. Shuning uchun mavsumni shu tarzda tugatganimiz menga yoqdi.

Biz bu davrni mavsum yakuni sifatida emas, balki keyingi bosqich sifatida qabul qildik va bugungi o'yin futbolchilarning qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko'rganini ko'rsatdi.

"Brayton" — agar sen yaxshi formda bo'lmasang, eng qiyin raqiblardan biri. Yaxshi ishtiyoqga ega tarkib, yuqori intizom va o'yin sifati… Xullas, bizda g'alaba qozonish uchun ko'p sabablar bor edi.

Biz o'z oldimizga yuqori maqsadlar qo'yganmiz. Imkon qadar yuqori o'rinni egallashni istadik. Barqarorlik va o'yin darajasida futbolchilarning hissasi katta. Bu esa kelasi mavsum uchun mustahkam poydevor bo'ladi", — dedi Kerrik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar