Bugun
22
O'zbek

Runi: «Yarimhimoya triosi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi»

Futbol
7 sentabr, 05:04
Sobiq forvard g‘alabani qo‘ldan chiqargan «MYU» o‘yiniga baho berdi.
Runi: «Yarimhimoya triosi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi»
Foto: Gettyimages
06.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Everton Everton 2 : 2 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» safarda Premer liga 3-turi doirasida «Everton» bilan bahs olib bordi (2:2).

Livrepulliklar ikki bor hisobda ortda qolayotganiga qaramay, so‘nggi daqiqalarda durangga erishdi. Brayan Mbeumo va Benyamin Sheshkoning gollariga mezbonlar 83-daqiqada Tayrik Jorj va 90+6-daqiada Eynsli Meytlend-Naylzning aniq zarbalari bilan javob berdi.

«O‘ylashimcha, «Manchester Yunayted» safarda yaxshi harakat qildi, o‘yinni nazorat qildi. Yarimhimoyachilar uchligi o‘zini chinakamiga yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. O‘yinning borishini inobatga olsak, bunday durang – jamoaning hafsalasini pir qilgani aniq», – deya Ueyn Runi so‘zlaridan iqtibos keltirdi centredevils.

Ma’lumot uchun, Runi futbolchilik davrida har ikki klub safida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» 3 ta turda 4 ochko jamg‘argan bo‘lsa, «Everton» hisobida 5 ochko mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar