Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta ertaga start oladigan Chempionlar Ligasining yangi mavsum favoritlari haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, yaqqol yetakchi oxirgi ikki mavsum g‘olibi – Fransiyaning «PSJ» jamoasi.
«PSJ» hamon Yevropada №1 klub bo‘lib qolmoqda. Hattoki Barkola ketganidan keyin ham. Men shu bilan birga «Barselona» va «Real»ni ham sinchkovlik bilan kuzatyapman, sababi ularda ajoyib tarkib jamlangan. «Barselona» Rodrini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu jamoa ba’zan himoyada u qadar ishonchli o‘yin ko‘rsata olmasligi mumkin, ammo hujumda istalgan raqibni qo‘rquvga sola oladi», - dedi Kostakurta Football Italia nashriga.
Shuningdek, mutaxassis bosh sovrin uchun «Bavariya», «Inter» hamda ingliz klublaridan birortasi kurashishi mumkinligini taxmin qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi