Bugun
22
O'zbek

Xitoydagi U20 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Futbol
7 sentabr, 05:54
Osiyo kubogi 2027 yilning 24 martdan 1 apreliga qadar Xitoyda o‘tkaziladi.
Xitoydagi U20 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
Фото: Getty Images


2027 yil Xitoyda o‘tkaziladigan U 20 Osiyo kubogining final bosqichida ishtirok etadigan barcha 16 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston U 20 jamoasi B guruhida uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, birinchi o‘rin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari so‘nggi turda Suriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, guruh g‘oliblari sifatida Janubiy Koreya, O‘zbekiston, KXDR, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Yaponiya va Indoneziya final bosqichiga chiqdi. Mezbon Xitoy esa musobaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Guruhda ikkinchi o‘rinni olgan Livan, Hindiston, Eron, Iordaniya, O‘mon, Tailand va Malayziya ham yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi 2027 yilning 24 martdan 1 apreliga qadar Xitoyda o‘tkaziladi.

Bugungi yangiliklar