Bugun
22
O'zbek

Alkaras tennischilik faoliyatida tanaffuslar qilish niyatidaligini ma’lum qildi va buning sababini tushuntirdi

Tennis
7 sentabr, 04:00
Ispaniyalik tennischi, dunyoning uchinchi raketkasi kelajakdagi reja va maqsadlari haqida gapirdi.
Alkaras tennischilik faoliyatida tanaffuslar qilish niyatidaligini ma’lum qildi va buning sababini tushuntirdi
Foto: Gettyimages

Ispaniyalik tennischi, dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras uzoq muddatli sport faoliyatiga intilishini va buning uchun alohida musobaqalardan voz kechishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Men haqiqatan ham faoliyatim juda uzoq davom etishini, yana 10-15-yil mobaynida kortda bo‘lishni xohlayman. Men ruhiy salomatligim va tanam haqida g‘amxo‘rlik qilishim kerakligini yaxshi bilaman. Bunga erishish uchun men ma’lum davrlarda tanaffus qilishim kerak. Qachonligini aytolmayman. Axir hafta davomida nechta o‘yin o‘ynashingni va navbatdagi musobaqada qanchalik uzoqqa borishingni oldindan bilib bo‘lmaydi» - deya Alkarasning so‘zlarini iqtibos keltirdi US Open matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 23 yoshli tennischi bilagidan olgan jarohati tufayli aprel oyidan avgust oyining oxirigacha rasmiy musobaqalarda ishtirok eta olmadi. Avvalroq Alkaras amerikalik Tommi Polni 6:4, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, US Open chorakfinaliga chiqdi va yarimfinal yo‘llanmasi uchun Ben Shelton bilan bahs olib boradi.

Bugungi yangiliklar