Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim A Seriya 3-turi doirasida «Yuventus» bilan qayd etilgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
«To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, biz g‘alabaga munosib emasdik, aniqrog‘i, «Yuventus» mag‘lubiyatga loyiq emas edi. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga urindik, ammo to‘p bilan muomalada muammolarga duch keldik. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qila olgan daqiqalarimiz bo‘ldi, lekin keyin tez-tez to‘pni yo‘qotdik, yomonroq o‘ynay boshladik. Biroq biz birgalikda 2 oydan buyon birgaligimizni ham unutmaslik lozim. Qiyin bahs ortda qoldi, biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak, biroq bunga vaqt talab qilinadi.
Bizda individual sifatlar bor, biroq eng muhim narsalar — bu oddiy narsalar hisoblanadi: to‘pni qabul qilish va oshirish — futbol asoslari hisoblanadi, bugun biz unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik», — deya Amorim so‘zlaridan iqtibos keltirdi DAZN Italia.
Eslatib o‘tamiz. 3 ta o‘yinda 7 ochko jamg‘argan «Milan» jadvalda 4-o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi